15/10/2016
“Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

15 okty (5)

        Joriy yilning 14 oktyabr kuni Yakkasaroy tumanidagi 18-Bolalar musiqa va san’at maktabida “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.
 “Sog‘lom ona va bola yili”da yosh avlodni badiiy havaskorlikka va san’atga jalb etish orqali ularda Vatanga muhabbat, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash, milliy va madaniy an’analarga hurmat tuyg‘ularini, estetik didni shakllantirish orqali har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlariga hissa qo‘shish, iqtidorlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovida mehnatkashlarning                  7 yoshdan 16 yoshgacha farzandlari – shahrimizning tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat muassasalarining bolalar badiiy jamoalari ishtirokchilari jamlandi. 
        O‘ziga xos bolalar san’at bayramiga aylangan mazkur ko‘rik-tanlovning shahar bosqichida 198 nafardan ortiq iqtidorli san’atsevar bolalar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, an’anaviy ijrochilik, estrada qo‘shiqchiligi, yakka va ansambl cholg‘u ijrochiligi, yakka va jamoa raqsi ijrochiligi yo‘nalishlarida san’atga bo‘lgan iste’dodlarini namoyon etdilar.
Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining har bir chiqishlari nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. 
Nizomda belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan             26 nafar ishtirokchilar Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichiga yo‘llanma oldilar. 
Tanlov yakuniga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
AN’ANAVIY IJROCHILIK YO‘NALISHI BO‘YICHA – Sayfullaev Mirkamol Sadulla o‘g‘li, 248-maktab, M.Ulug‘bek tumani Madaniyat va aholi dam olish markazi
ESTRADA QO‘SHIQCHILIGI YO‘NALISHI BO‘YICHA – Raximov Sirojiddin Sadriddin o‘g‘li, 171-maktab, M.Ulug‘bek tumani Madaniyat va aholi dam olish markazi
YAKKA VA ANSAMBL CHOLG‘U IJROCHILIGI YO‘NALISHI BO‘YICHA – Yakkasaroy tumani 18-sonli madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi  “Zarb” doirachilar  guruhi
YAKKA VA JAMOA RAQSI IJROCHILIGI YO‘NALISHI BO‘YICHA – Yakkasaroy tumani, 18-sonli Madaniyat va aholi dam olish markazi “Anor” raqs Dastasi
    Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar ishtirokida gala konsert tashkil etildi.

 

15 okty (4) 15 okty (3) 15 okty 15 okty (2)


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar