16/11/2016
KASABA UYUSHMASI VA YOSHLAR

20161111_122803

Joylarda 2016 yil 14 sentyabrdan kuchga kirgan   “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning mazxmun-mohiyatini tushuntirish borasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tayapti.
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati tashkilotlari tomonidan  joylarda “Yoshlar siyosatini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining o‘rni” mavzuida seminar, uchrashuv va davra suhbatlari hamda “Ma’naviyat soatlari” tashkil etilmoqda.
Ana shunday “Ma’naviyat soati”  Urganch shahridagi Turizm kasb-hunar  kollejida o‘tkazildi.
 Bugungi kunda mazkur kollejda 930dan ziyod   o‘quvchi yoshlar tahsil olmoqda. Ularga 102 nafar malakali pedagog xodimlar va kasb ustalari ta’lim bermoqda. 
O‘tkazilgan “Ma’naviyat soatlari”da  O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Muyassar Raximova  ishtirok qildi. U o‘z so‘zida Mamlakatimizning birinchi Prezidenti  I.A.Karimovning “Bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda”  deya ta’kidlagan so‘zlaridan kelib chiqqan holda  kasaba uyushmalari ham o‘sib kelayotgan yoshlarni ma’nan va jismonan barkamol o‘sishlariga, kollej bitkazuvchilarni ish bilan bandligini va ish bilan band bo‘lgan kollej bitkazuvchilarini ish joylarida qo‘nimliligini ta’minlanishida  jamoatchilik nazorati orqali  ularga har tomonlama ko‘mak berilayotganligi, shuningdek, Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining faol ishtiroki  bilan salmoqli hissato‘g‘risidagi ko‘lamdor dasturlari orqali amalga oshirilayotgan ishlar xaqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan gamxo‘rlik, aynan qabul qilinayotgan Jamoa shartnomalari orqali yoshlarning ijtimoiy – iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat huquqini ta’minlash va mehnati muhofazasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar kiritilayotgani,  ishiga erishish va bu boradagi ishlarni monitoring qilib borilayotganligi, ishga qabul qilishda bitiruvchilarga berilgan imtiyozlar, mehnat shartnomasi muddatlari, bitiruvchilar uchun sinov muddatlarining belgilanmasligi, mehnat sohasidagi xalqaro standartlar va jamoa shartnomalaridagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining mehnat huquqlari to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tdi. 
Uchrashuv jarayonida pedagog xodimlar va yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

20161111_124450 20161111_123645 20161111_122633

20161111_124450

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar