19/11/2016
Yoshlar davlatimizning ishonchli kelajagi

IMG_7014

           Qo‘shko‘pir tuman Politexnika va tadbirkorlik kasb xunar kollejida 2016 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Raximova  Muyassar Rajabboevna bo‘lib  u o‘quvchilar bilan uchrashdi va bugungi kundagi muxim siyosiy jarayon ya’ni Prezident saylovi   to‘g‘risida gapirdi, 18 yoshga to‘lgan o‘quvchilar birinchi bor ovoz berishi baxtli onlar ekanini xis qilish quvonch ekanini aytdi.
           Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 24 avgustda maqullangan O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga bo‘lgan e’tibori ular uchun qanchalik muxim ahamiyatga ega bo‘lgani “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni to‘g‘risida o‘quvchi yoshlarga tushuncha berdi. Barcha yoshlarni “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonuni o‘qish va unga amal qilishini ta’kidladi.
          Bugungi kunda yoshlarimiz kitob o‘qishdan ko‘ra ko‘piroq qo‘l telefonlaridan keraksiz, yoshlar uchun hech qanday foydasi bo‘lmagan saytlardan foydalanishi ular uchun qanchalik zarar ekani to‘g‘risida tushuntirdi. Kitobga bo‘lgan mehrni oshirsak  kitobni eng ishonarli do‘st ekani, kitobsiz uy nursiz hayot ekani, xar bir o‘quvchining o‘zini kitob javoni bo‘lishi, beshikdan to qabirgacha ilm izlash bobolarimizni ilm olishlar uchun yurt kezganliklari, shuning evaziga buyuk bobolarimiz o‘z ilimlari bilan dunyoga yuz tutitb dunyo ahlini lol qoldirganligi to‘g‘risida fikr bildirdi. 
          Bugungi kunda yoshlar uchun cheksiz imkoniyatlar borligi, chet tillarni o‘rganib chet ellarda taxsil olayotgan yoshlarimiz yurtimizni dunyoga tanitayotgani, yoshlarimizni sport musobaqalaridagi g‘alabalari  dunyo arenalarida O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori kutarayotganliklari to‘g‘risida gapirdi.
         Yoshlarni qullab quvvatlashda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining o‘rni va roli  juda katta ekani o‘tkaziladigan tadbirlar “Kasaba uyushma–yoshlarga” aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgani haqida gapirdi.

IMG_7012 IMG_7010 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar