18/11/2016
FANLAR AKADEMIYASI YOSh OLIMLARI ISHTIROKIDA “SAYLOV OLDI TASHVIQOTI” TASHKIL ETILDI

15

        Joyriy yilning 18 noyabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi Yosh olimlari ishtirokida davra suxbati tashkil etildi.
        Joriy yilning 4 dekabr kuni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish, jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilashga qaratilgan izchil islohotlarga xizmat qiluvchi muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bugungi kunda ushbu yirik ommaviy siyosiy tadbirni yuqori saviyada amalga oshirish ko‘p jihatdan fuqarolarning faolligiga bog‘liq. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
        Yosh saylovchilar shuni yoddan chiqarmasligi lozimki, saylov kuni har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berish mumkin emas.
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovda birinchi marta ishtirok etayotgan yoshlar uchun mazkur jarayon o‘z siyosiy huquqlaridan foydalanishining boshlanishi jihati bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
     Bu borada O‘zbekiston Fanlar akademiyasida «Yosh olimlar» ishtirokida “Saylovoldi tashviqoti” mavzusida davra suxbati tashkil etildi. Bunda Fanlar akademiyasi yosh olimlari щz bilim va kщnikmalarini maxalla fuqorolari, xokimiyat, partiya vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishlarda, shu bilan birga joylarda “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yil yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar Dasturi” ning 6-bandiga muvofiq korxona, tashkilot va muassasalarda tashkil etilayotgan “Mehnat huquqi” mavzusidagi davra suxbatlarida faol ishtirok etishni o‘z oldilariga vazifa qilib belgilab oldilar.

4 6 7 8 9 10 11 13


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar