13/11/2013
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Yoshlar Kengashi majlisining 2013 yil 30 apreldagi “Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan yoshlar o‘rtasida kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklarini targ‘ib qilish, ularni kasaba uyushmalari safiga jalb qilish hamda “Ustoz-shogird” tizimini joriy etilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi 6-4 sonli qarori haqida.

Tarmoq kasaba uyushmalari tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasalardagi yoshlar o‘rtasida kasaba uyushmasi a'zoligiga undovchi omillarni kuchaytirish, ularni kasaba uyushmasi safiga jalb qilish hamda “Ustoz-shogird” tizimini joriy etilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda faol ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yoshlar kengashi Majlisi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Yoshlar Kengashi majlisining 2013 yil 30 apreldagi “Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan yoshlar o‘rtasida kasaba uyushmasiga a'zolik afzalliklarini targ‘ib qilish, ularni kasaba uyushmalari safiga jalb qilish hamda “Ustoz-shogird” tizimini joriy etilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi 6-4 sonli qarori ma'lumot uchun qabul qilinsin (ma'lumotnoma ilova qilinadi).

 

2. Tarmoq kasaba uyushmalari tuman, shahar kengashlari, birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari Yoshlar komissiyalariga: – tasarrufdagi kasaba uyushmalarining jamiyatdagi ijobiy siymosini shakllantirish borasida axborot vositalaridan keng foydalanish choralarini ko‘rish; – kollej bitiruvchilariga amaliyot vaqtida va ishga kirgandan keyin kasaba uyushmalari tomonidan beriladigan moddiy yordam pullarini o‘z vaqtida berilishini tashkillashtirishda talabchan bo‘lish; – bitiruvchi yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, bu borada ularning huquqiy ongini mustahkamlash yuzasidan moliya, bank tizimi, huquqiy soha vakillari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari va seminarlarni muntazam ravishda tashkil etish; 

- mazkur qarorni Yoshlar komissiyasi yig‘ilishlarida muhokama qilish va tadbirlar belgilash vazifalari yuklatilsin.

 

3. Markaziy kengashning hududlar bo‘yicha mas'ul tashkilotchilari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Toshkent shahar madaniyat muassasalari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari raislariga: – mazkur qarorni kasaba uyushmalari tuman, shahar kengashlari, birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari Yoshlar komissiyalariga yetkazish, ilovadagi ma'lumotnomada ko‘rsatigan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi uchun zaruriy choralar ko‘rish hamda o‘z ish faoliyatlarida tadbiq etishda ko‘maklashish vazifalari topshirilsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yoshlar kengashi mas'ul kotibi I.Urmanov zimmasiga yuklatilsin.

Yoshlar kengashi raisi: S.Salaxutdinov

_pdf To`liq matnni yuklab olish


Yoshlar birlashmasi

Izlash

 

So`ngi e`lonlar