07/03/2017
“Ayollar sport festivali” start oldi

IMG_1283 - копия

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘uzor tuman kengashi majlisi tomonidan 2017-yilning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingan bo‘lib, unda tumandagi tarmoq tizimida mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a'zolarini sog‘lomlashtirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sport targ‘ibotini olib borish vazifasi qo‘yilgan.

Ushbu ustivor yo‘nalishlarni xayotga tadbiq etish doirasida xamda xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini xisobga olgan xolda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillash maqsadida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” va tuman kengashining 2017-yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tadbirlarini ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 4-mart kuni tuman xotin-qizlar qo’mitasi, xalq ta'lim muassasalarini faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi xamkorligida maktabgacha va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari xotin-qizlari o‘rtasida tumandagi 4-umumta'lim maktabining sport zalida “Ayollar sport festivali” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqa jamoalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Sport musobaqasi ishtirokchilarini tuman hokimi o‘rinbosari xotin-qizlar qo‘mitasi raisi U.Xolboyeva, sportchi mehnat faxriysi Yo.Choriyev, tuman kengashi raisi E.Niyozovlar tabriklab musobaqa ishtirokchilariga omad tiladilar.

Sport musobaqasi ishtirokchilari sportning voleybol, shashka, qo‘l jangi, arqon tortish turlari bo‘yicha kuch sinashdilar. Sport musobaqalarida 200 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Musobaqada murosasiz kechgan baxslar natijasida voleybol turi bo‘yicha 1-o‘rinni “Kamalak” nomli 28-maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi, 2-o‘rinni “Lola” nomli 20- maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi, 3-o‘rinni esa “Gullola” nomli 13-maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi va Bolalar sport maktabi jamoasi qo‘lga kiritdilar.

Sportning shashka turi bo‘yicha 1-o‘rin “Burgutcha” nomli 23-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimasi Yayra Mingyasharova, 2-o‘rin Bolalar sport maktabidan Muxlisa Xolboyeva, 3-o‘rin “Gullola” nomli 13-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi E’zoza Anvarovaga nasib etgan bo’lsa, qo‘l jangi bo‘yicha 1-o‘rin “Navro‘z” nomli 8-maktabgacha ta’lim muassasasidan Boymurodova Nasibaga, 2-o‘rin “Kamalak” nomli 28-maktabgacha ta’lim muassasasi Maftuna Mamaraximovaga, 3-o‘rin “Burgutcha” nomli 23-maktabgacha ta’lim muassasasi vakilasi Lobar Ochilovaga nasib etdi. Arqon tortish musobaqalarida 1-o‘rinni “Kamalak” nomli 28-maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi, 2-o‘rinni “Navro‘z” nomli 8-maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi va 3-o‘rinni Bolalar sport maktabi jamosi egalladilar.

Musobaqa g‘oliblari tuman kengashining diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Sport tadbiri qatnashchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

IMG_1317 - копия

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar