17/04/2017
Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida

IMG_20170414_114946 - копия

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Parkent tuman kengashi tomonidan 2017-yil 14-aprel kuni soat 10:00 da Parkent tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi majlislar zalida “Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi yuristkonsulti D.Muxamedalieva, Respublika kengashi bosh mutaxassisi R.Yerbabaev, Respublika kengashi bosh mutaxassisi L.Turikova, Respublika kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Gazieva va Parkent tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri M.Xasanovlar ishtirok etdilar.

O‘quv-seminar yig‘ilishini Parkent tuman kengashi raisi O.Xusanboyev kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ta’lim muassasalari rahbarlari va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislaridan iborat 123 nafar kishi ishtirok etdi.

O‘quv-seminar kun tartibidagi “Xodimlarning ijtimoiy mehnat huquqlarini himoya qilishda kasaba uyushmalari roli” mavzusida R.Gazieva, “Milliy va xalqaro mehnat standartlari ijtimoiy sheriklik mexanizimidir” mavzusida L.Turikova, “O‘zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonuni yangi tahriri”, “Ta’lim muassasalarida mehnat muhofazasini tashkil etish” mavzularida R.Yerbabaev, “Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida” mavzusida D.Muxamedalievalarning ma’ruzalari tinglandi.

O‘quv-seminar mavzusi yuzasidan interfaol usulda mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan seminar qatnashchilariga tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan javoblar berildi.

IMG_20170414_103343 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar