23/03/2017
Assalom Navro‘z

DSC_6310 - копия

Joriy yilning 20-mart kuni Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma Yangiy‘ol tuman kengashi tomonidan tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasida “Assalom Navro‘z”, – deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda muassasaning barcha xodimlari, tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma tuman kengashi raisi, ota-onalar va faxriy xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirda, Navro‘z taomi – sumalak tayyorlandi va barcha taklif etilganlarga ulashildi. Musiqiy va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir so‘ngida mehnat fahriylariga esdalik sovg‘alar berildi.

DSC_6393 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar