17/03/2017
“Mening o‘nta sevimli kitobim”

DSC_1991 - копия

Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasi va kamoloti borasida juda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarimizning turli yo‘nalishlarda dunyo miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlarda ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritayotgani, yurtimizda yosh avlodning o‘z iste’dodini namoyon etishlari uchun ularga davlat darajasida berilayotgan e’tiborning natijasidir.

Bugungi kunda yoshlarimizning ilmli, salohiyatli, jismonan barkamol va eng asosiysi ma’naviy yetuk insonlar bo‘lib shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Jizzax davlat pedagogika institutida ushbu farmoyishning ijrosini ta’minlash hamda institutda tahsil olayotgan 7 ming nafarga yaqin talaba yoshlarimizda ulug‘ bobokalonlarimiz faqat kitob mutolaasi orqali ulkan ishlarni amalga oshirganliklarini tushuntirish bilan birga ularda kitobning ahamiyati, kitob mutolaasiga bo‘lgan munosabatni yaxshilash maqsadida taniqli shoirlar va adiblar bilan uchrashuvlar, turli tanlovlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, 2017-yil 14-mart kuni institutning Ma’naviyat-targ‘ibot markazi majlislar zalida institut kasaba uyushma qo‘mitasi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘lim hamkorligida “Mening o‘nta sevimli kitobim” mavzusida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning yakuniy final bosqichi o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik-tanlov dastlab barcha akadem guruhlarda, so‘ngra fakultet miqyosida o‘tkazilib, fakultet g‘oliblaridan 7 nafariga final bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.

Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini institutning ko‘p sonli professor o‘qituvchilari va talabalari baholab bordilar.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan tanlovda birinchi o‘rinni o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi F.Nizomova, ikkinchi o‘rinni Chet tillar fakulteti 4-bosqich talabasi Sh.Abloqulova, uchinchi o‘rinni Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limi fakultetining 3- bochqich talabasi Sh.Qurbonovalar egalladilar. G‘oliblar tashkilotchilarning esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

DSC_1988 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar