06/03/2017
Ilg‘or xotin-qizlar va mehnat faxriylari bilan bayram uchrashuvi o‘tkazildi

DSC_0494 - копия

8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan joriy yilning 3-mart kuni “Kasaba uyushmalari – xotin-qizlarga” aksiyasi doirasida Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushma qo‘mitasi va institut rahbariyati bilan birgalikda institutda mehnat qilayotgan o‘z kasbining fidoyilari bo‘lgan ilg‘or xotin-qizlar va mehnat faxriylari bilan bayram uchrashuvi o‘tkazilib, bayram konsert dasturi, bayram dasturxoni yozildi va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Bayram tadbirlari doirasida xotin-qizlar jamoalari orasida fakultetlararo voleybol musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakultetida esa talaba qizlar orasida «Fakultet go‘zali» tanlovi o‘tkazildi va g‘olib sovrindorlarga esdalik sovg‘alari berildi.

DSC_0626 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar