14/03/2017
Navro‘z bayrami arafasida sayohat

IMG_7715 - копия

Jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik, xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish, Navro‘z bayramini munosib kutib olish va uni o‘tkazishda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida kasaba uyushmalari tomonidan ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 12-mart kuni ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashi tasarrufidagi muassasalarning 50 nafar ishchi xodimlari mamalakatimizning, qadimiy va navqiron, go‘zal va maftunkor Samarqand shahrida bir kunlik sayohatda bo‘lib qaytishdi. Ular Samarqand shahridagi qadimiy va tarixiy obidalar, Mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar hamda mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.Karimovning ziyoratgohida bo‘ldilar.

– Bu sayohat shaxsan menda katta taassurot qoldirdi. Ajdodlarimiz barpo etgan betakror obidalar, buyuk shaxslar qabrlarini ziyorat qilib, men o‘zimda kuchimga kuch, g‘ayratimga g‘ayrat qo‘shilganini his etdim. Bu sayohatni tashkil qilgan ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, – deydi Sirdaryo tumanidagi 41-maktab direktori M.Burxanova.

– Navro‘z bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu sayohat bayramona kayfiyatimizni yanada ko‘tardi. Sayohatda tarmoqdagi 5 nafar kam ta’minlangan va 4 nafar pensiya yoshidagi xodimlarning ishtirok etishi kasaba uyushmalari tomonidan bu toifadagi xodimlarga bo‘lgan a’lohida e’tiborning yana bir misolidir.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar