27/03/2017
Eng faol kasaba uyushma tashkiloti yetakchisi

2 (2) - копия

Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar haq-huquqini himoya qilish, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlar tobora keng quloch yoymoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanbasi profilaktika kuni deb e’lon qilinib, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. O‘quv muassasalarida yoshlarning kamoloti, yetuk inson bo‘lib yetishishi, to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘imasligi uchun tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bu ezgu ishlarda ichki ishlar organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan kasaba uyushma tashkilotlarining ham munosib hissasi bor.

Poytaxtimizdagi Turkiston saroyida 2017-yil 24-mart kuni o‘tkazilgan «Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari» an’anaviy ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash asnosida bu yana bir karra o‘z e’tirofini topdi. O‘zFA Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sherzod Jo‘raev tanlovning «Eng faol kasaba uyushma tashkiloti yetakchisi» nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar