24/04/2017
Davra suhbati

1

Jizzax shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli maktablar, maktabgacha ta’lim hamda madaniyat muassasalari va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida joriy yilning 21-aprel kuni shahardagi 6-umumta’lim maktabida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi tadbirlarini ijrosini ta’minlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Qodirov, Jizzax viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi yuridik bo‘lim mudiri E.Umurzakov, tarmoqning shahar kengashi raisi R.Isoqov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassisi I.Isaeva, Jizzax shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri M.Zoirjonovlar ishtirok etishdi va ma’ruza qilishdi.

Davra suhbatida mehnat shartnomalari tuzish, mehnat intizomiga rioya qilish masalalarida mehnat qonunchiligida belgilangan talablar bo‘yicha E.Umurzakovning ma’ruzasi qiziqish bilan tinglandi. R.Isoqov esa muassasalardagi jamoa shartnomalarining ahamiyati va jamoa shartnomasidagi taraflarning majburiyatlari to‘g‘risida ma’ruza qildi. I.Isaeva xalq ta’limi xodimlariga to‘lanadigan mehnat haqi, uni moliyalashtirish, ta’lim muassasalarida dars o‘tish bo‘yicha qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng B.Qodirov va M.Zoirjonovlar esa ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va bu yo‘nalishdagi muammolar to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

Suhbat yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Davra suhbati qizg‘in va savol-javoblarga boy bo‘ldi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar