10/05/2017
Tarmoq xodimlari o‘rtasida spartakiada o‘tkazildi

4 - копия

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qiziltepa tuman kengashi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” kuni munosabati bilan 5-may kuni tuman markazidagi Bolalar sport majmuasida (ayol va erkaklar ) tarmoq xodimlari va nafaqadagi sport ishqibozlari o‘rtasida spartakiada o‘tkazildi.

Spartakiada sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, yadro irg‘itish, uzunlikka sakrash turlari bo‘yicha 120 nafar sportchilar o‘rtasida o‘tkazildi.

Shaxmat bo‘yicha nafaqadagi Mansurov Po‘lat, 100 metrga yugurish bo‘yicha 35-maktab ishchisi Latipov Lutfullo, 400 metrga yugurish bo‘yicha 15-maktab o‘qituvchisi Muxammedov Xabib, stol tennisi bo‘yicha 5-maktab o‘qituvchisi Sobirova Shaxnoza, shashka bo‘yicha BO‘SM murabbiysi Odilov Sherali 1-o‘rinni egallab, kasaba uyumasi tuman kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar