02/05/2017
9-may – “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan “Salomatlik” spartakiadasi o‘tkazildi

??????????

Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar Kengashi tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi va ularning ijrosi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shu jumladan, 2017-yil 30-aprel kuni Guliston markaziy o‘yingohi kompleksida Guliston shahridagi tizimga tegishli tashkilotda ishlovchi soha xodimlari o‘rtasida 9-may – Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan “Salomatlik” spartakiadasi tashkil etildi.

Musobaqalar  sportning 3 ta turi bo‘yicha tashkil etilib, unda a'zo tashkilotlardan shakllantirilgan buyurtma asosida 12 nafardan jami 204 nafar xodimlar ishtirok etdilar.

Sportning voleybol turi musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lib, Guliston shahar 15-umumta’lim maktabi jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 11-umumta’lim maktabi jamoasi 2-o‘rinni egalladi hamda 3-o‘rin 5-umumta’lim maktabi jamoasiga nasib etdi.

Stritbolning erkaklar o‘rtasida kechgan uchrashuvida mutlaq g‘oliblikni 4-umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritgdi va 8-umumta’lim maktabi jamoasi 2-o‘rin bilan kifoyalangan bo‘lsa, 9-umumta'lim maktabi jamoasi 3-o‘rin bilan cheklandi. Ushbu sport turining ayollar ishtirokidagi musobaqasida 4-umumta’lim maktabi jamoasi barchani ortda qoldirishdi, 15-umumta’lim maktabi jamoasi 2-o‘ringa hamda 2-umumta’lim maktabi jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

G‘olib jamoalar ishtirokchilariga Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashining esdalik sovg‘alari berildi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar