28/04/2017
Mehnat faxriylari e’zozda

БМТИ 9 май - копия

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida uzoq yillar ishlab, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan 130 nafarga yaqin mehnat faxriylari oliy o‘quv yurti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasining doimiy e’tiborida. Institutda har yili 9-may “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan chora-tadbirlar dasturi asosida turli tadbirlar tashkil etiladi, jamoatchilik vakillari ishtirokida yoshi ulug‘, kam ta’minlangan va yakka yolg‘iz pensionerlar holidan xabar olinadi.

2017-yilnging 26-27-aprel kunlari 10 nafar mehnat faxriylari xonadoniga manzilli yordam tashkil etilib, ularga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatildi.

85 yoshni qarshilagan Usto Olimova Rayhon momo 35 yil oliy ta’lim dargohida xizmatchi lavozimida ishlab nafaqaga chiqqanlar. Aya har bayram arafasida jonajon tashkilotidan xonadoniga kelgan mehmonlarni xursandchilik bilan kutib oladi. “Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Ochilov boshchiligidagi faollarning doim bizdek qariyalar holidan xabar olganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman, haqqingizga doim duodaman, – deydi Rayhon momo.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar