06/05/2017
Uch avlod uchrashuvi

БУХмти 9 МАЙ 4 (4) - копия

2017-yil 4-may kuni Buxoro muxandislik-texnologiya institutida “Xotira va Qadrlash kuni”ga bag‘ishlab kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan an’anaviy “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda oliy ta’lim dargohida mehnat qilgan 100 ga yaqin mehnat faxriylari, pensionerlar, front orti ishtirokchilari qatnashdilar. Tadbirda institut rektori professor U.T.Muxamedxanov so‘z olib, oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar , institut hayoti bilan bog‘liq yutuqlar, kelgusi o‘quv yilidagi rejalar to‘g‘risida so‘zlab, barcha ishlarda mehnat faxriylarining mehnati samarasi borligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida vafot etgan marhum pedagog xodimlar to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi va ularning xotiralari hurmat bilan yodga olindi. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar, yosh izlanuvchi olimlar so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan ularga yaratilgan sharoitlar haqida, mehnat faxriylarining hayoti ular uchun ibrat maktabi bo‘lib qolishini g‘ururlanib gapirdilar.

Tadbir ishtirokchilari uchun homiylar tomonidan tayyorlangan bayram dasturxoni atrofida qizg‘in suhbat davom etdi. Mehnat faxriylari tinchlik, osoyishtalik, baxtli zamon uchun shukronalar aytib, duo qildilar.

БУХмти 9 МАЙ 4 (1) - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar