15/05/2017
Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatiga baho

Когон шахар энг намунали (1) - копия

Buxoro viloyatida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kogon shahar kengashi tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining shaxar bosqichi o‘tkazildi. Olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridan 3 ta, kasaba uyushma uyushma a’zolari 100 nafardan kam bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma  tashkilotlaridan 17 tasi ushbu tadbirda ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shahar kengashining ishchi guruhi tomonidan barcha tashkilotlarning faoliyati o‘rganib chiqildi va Nizom mezonlariga asosan baholandi. Joriy yilning 12-may kuni Kogon shahar Barkamol avlod markazida har bir boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatini yorituvchi ko‘rgazmalar va slaydlar bilan taqdimot tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, 100 nafardan ortiq kasaba uyushma a’zolari bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar orasida Kogon shahar 7-umumy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich tashkiloti, 100 nafardan kam kasaba uyushma uyushma a’zolari bo‘lgan boshlangich tashkilotlar orasida 4-umumy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich tashkiloti g‘olib deb topildi va keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar