25/04/2017
Xotin-qizlar o’rtasida sport musobaqasi o’tkazildi

??????????

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Koson tuman kengashi tomonidan mehnat jamolarida sportning ommaviy turlari bo‘yicha tizimli ravishda musobaqalar o‘tkazib borish an’ana tusiga kirgan.

Ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari xodimlarning orziqib kutadigan ommaviy tadbiri ahamiyatini kasb etgan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturi doirasida tuman kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar kasaba uyushmalari a’zolari o‘rtasida “Sport- salomatlik garovi” shiori ostida ikki bosqichli sport musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur musobaqlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash, xotin-qizlarni jismoniy-tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy chiniqtirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir. Musobaqalar sportning 6 ta – voleybol, yengil atletika, shashka, stol tennisi, armsterling va arqon tortish kabi turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Musobaqaning birinchi (tashkilot, muassasa) bosqichida 800 nafardan, ikkinchi (tuman) bosqichida esa 200 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etishdi. Musobaqalar tasdiqlangan Nizom va baholash mezonlari asosida tashkiliy qo‘mita va malakali hakamlar boshqaruvida o‘tkazildi.

Joriy yilning 22-aprel kuni tumandagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan musobaqaning ikkinchi bosqichi tom ma’noda sport bayramiga aylanib ketdi.

Do‘stona raqobat ostida o‘tgan mazkur musobaqada sportning voleybol turi bo‘yicha 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi, 100 metrga yugurish bo‘yicha mazkur maktab ishchisi Oftob Jumaeva, stol tennisi bo‘yicha pedagogika iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi Ra’no Sharipova, shashka turi bo‘yicha sanoat transport kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Fotima Otamurodova, arqon tortish turi bo‘yicha 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, armsterling turi bo‘yicha 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Rufiya Sharipovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Bundan tashqari, musobaqa Nizomiga ko‘ra 6 ta nominatsiya bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Musobaqa g‘oliblari tuman kengashining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar