02/05/2017
Kasb-hunar kollejlari xodimlari o‘rtasida an’anaviy spartakiada o‘tkazild

5 - копия

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Dehqonobod tuman kengashi tomonidan 2017-yil 29-aprel kuni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturi asosida tuman xalq ta’limi va tarmoqqa qarashli kasb-hunar kollejlari xodimlari o‘rtasida navbatdagi an’anaviy spartakiada o‘tkazildi. Ushbu spartakiadada sportning 4 turi: voleybol, shaxmat, shashka hamda stol tennisi turlari (erkak va ayollar) bo‘yicha tuman ta’lim muassasalaridan 650 nafarga yaqin pedagog xodimlari ishtirok etishdi.

Qiziqarli o‘tgan bellashuvda sportning voleybol turi bo‘yicha 1-o‘rinni erkaklar o‘rtasida tumandagi 85-umumta’lim maktabi va ayollar o‘rtasida 89-umumta’lim maktabining jamoasi egallashgan bo‘lsa, 2-o‘rin uchun kechgan qiziqarli bahslarda erkaklar o‘rtasida 11-umumta’lim maktabi hamda ayollar o‘rtasida 70-umumta’lim maktabining jamoasi g’olib bo‘lishdi. Shuningdek, 3-o‘rinni 5-umumta’lim maktabining erkaklar va ayollar jamoasi egallashdi.

Yakkalik bahslarda sportning shaxmat turi bo‘yicha 1-o‘rinni 64-maktab o‘qituvchisi Subonov Shakvat va 32-maktab o‘qituvchisi Raximova O‘roloy egallangan bo‘lsalar, 2-o‘rin 14-maktab o‘qituvchisi Qodirov Muzaffar va 70-maktab o‘qituvchisi Poyonova Guljahonlarga nasib etdi. Shuningdek, 3-o‘rin uchun bo‘lgan bellashuvda 78-maktab o‘qituvchisi Eshqulov Abduraxmon va 85-maktab o‘qituvchisi Boynozova Xayitgullar g'olib bo‘lishdi.

Sportning shashka turi bo‘yicha 2-o‘rinni 64-maktab o‘qituvchisi Subonov Yusuf va 1-maktab o‘qituvchisi Mo‘minova Muqaddaslar egallangan bo‘lsalar, 2-o‘rin 14-maktab o‘qituvchisi Subonov Xasan va 21-maktab o‘qituvchisi Temirova Malikalarga nasib etdi. Shuningdek, 3-o‘rin uchun bo‘lgan bellashuvda 7-maktab o‘qituvchisi Eshonqulov Yusuf va 59-maktab o‘qituvchisi Raximova Maysaralar g'olib bo‘lishdi.

Sportning stol tennisi turi bo‘yicha 1-o‘rinni 1-maktab o‘qituvchisi Qurbonov Ilxom va 32-maktab o‘qituvchisi Xolmaxmatova Dilfuzalar egallangan bo‘lsalar, 2-o‘rin 1-maktab o‘qituvchisi O‘ngboev Anvar va 24-maktab o‘qituvchisi Shunqorova Sohibalarga nasib etdi. Shuningdek, 3-o‘rin uchun bo‘lgan bellashuvda 4-maktab o‘qituvchisi Eshmurodov Asqar va 85-maktab o‘qituvchisi Kenjaeva Matlubalar g'olib bo‘lishdi.

Spartakiada yakunida nominatsiyalar bo‘yicha 4 nafar 34-, 61-, 78-umumta’lim maktablari hamda Dehqonobod sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji xodimlari taqdirlandilar.

Tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi hamda 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi havaskor san’atkorlari ishtirokida musiqiy tadbir tashkil etildi.

6 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar