04/05/2017
Eng namunali boshlang‘ich tashkilot ko‘rik-tanlovi

11 - копия

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar kengashining 2017-yil 11-apreldagi 8/1 “с”-sonli rayosat qarori bilan joriy yilning 2-may kuni tarmoqqa mansub muassasalarda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda kasaba uyushmasi a’zolari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlardan 9 ta va 100 nafargacha kasaba uyushmasi a’zolari bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlardan 57 tasi ishtirok etdi.

100 nafardan ortiq a’zolari bo‘lgan tashkilotlardan 1-o‘rinni Chirchiq sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji, 2-o‘rinni Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji va 3-o‘rinni 21-maktab qo‘lga kiritdi.

100 nafargacha a’zolari bo‘lgan tashkilotlardan 1-o‘rinni 27-maktabgacha ta’lim muassasasi, 2-o‘rinni 11-maktabgacha ta’lim muassasasi va 3-o‘rinni 8- maktabgacha ta’lim muassasasi egalladi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar