24/04/2017
Ezgulikka baxshida umr

2 - копия

“Keksalari e’zozlangan yurt” shiori ostida joylarda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2017-yil 21-aprel kuni Urganch Davlat Universitetida bo‘lib o‘tdi. Urganch Davlat Universiteti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida filologiya fakulteti Nemis va Fransuz tillari kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi Ataboy Jumaniyozovning 70 yoshlik yubileyiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. Anjumanda Universitet professor o‘qituvchilari bilan bir qatorda talabalar va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.

Universitet rektori B.Abdullaev anjumanni kirish so‘zi bilan ochar ekan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahnamoligida keksalarimiz qadr topayotganligi, ularga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek mehnat faxriylarini jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash, o‘zlarining ibratli hayot va mehnat faoliyati bilan yoshlar tarbiyasiga o‘z hissalarini yanada ko‘proq qo‘shishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, mehnat faxriysi, professor Ataboy Jumaniyozov Urganch davlat universitetida 50 yildan buyon sidqidildan mehnat qilib, bor kuchi va bilimini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlab kelayotgan fidokor o‘qituvchi, bag‘rikeng rahbar, serqirra olim. U mazkur o‘quv dargohida oddiy o‘qituvchilikdan dekan, assistentlikdan professorlik darajasiga erishganligi haqida batafsil gapirib o‘tdi.

Anjumanda chet tillari bo‘yicha Respublikamizning yetuk olimlari bilan bir qatorda hamkor oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari ham ishtirok etdi. Viloyat hokimining tabrigini, faxriy yorlig‘ini viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyazova topshirdi va o‘qib eshittirdi hamda o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishda universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi faol ishtirok etdi va A.Jumaniyozov kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan moddiy va manaviy rag‘batlantirildi.

3 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar