02/06/2017
“Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasida bayram tadbiri o‘tkazildi

6 - копия

2017-yil 1-iyun kuni Andijon shahar Barkamol avlod markazida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar kengashi tashabbusi bilan “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini, Andijon shahar “Ijtimoiy yoshlar kengashi” a’zolari hamda “Barkamol avlod markazi” xodimlari hamkorligida “Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tadbiriga kengash tasarrufidagi barcha a’zo tashkilotlardan 150 dan ziyod bolajonlar ishtirok etdilar. Bayram tadbiriga kengash tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari, madaniyat muassasalari hamda “O‘zbekiston” va “Oxunboboyev” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron farzandlari bor oilalardan bolajonlar taklif etildi.

Tadbir davomida bolajonlar o‘rtasida besh turda musobaqalar o‘tkazildi. Tadbir davomida “Barkamol avlod markazi” to‘garak ishtirokchilari tomonidan qo‘l mehnatlari, o‘zlari tomondan ixtiro qilingan turli ko‘rgazmalar namoyish qilindi. Musobaqa g‘oliblari va tadbir ishtirokchilari shahar kengashi tomonidan o‘quv qurollari va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

1 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar