05/06/2017
“Har bir bolaga mehr e’tibor!” shiori ostida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

3 - копия

Joriy yilning 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami Asaka tumanida reja-dastur asosida barcha ta’lim muassasalarida keng, bayramona tarzda o‘tkazildi. Tumanning markaziy istirohat bog‘i hamda tadbir o‘tkaziladigan anfiteatri bayramga mos ravishda bezatildi. Istirohat bog‘ida “Har bir bolaga mehr e’tibor” mavzusida ertalab soat 8-00 dan sayl tashkil qilindi, barcha o‘yingohlar bolalarga bayram tuhfasi sifatida bepul foydalanishga berildi.

Bayramga barcha ta’lim muassasalaridan jami 4500 ga yaqin bolalar tashrif buyurdilar. Shundan kam ta’minlangan oila farzandlari 261 nafar, DEU oila farzandlari 100 nafar, chin yetimlar 27 nafar nogironlar 290 nafar va uy ta’limiga tortilgan 90 nafari ishtiroki ta’minlandi. Xomiylar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda salqin ichimliklar, muzqaymoqlar tarqatildi.

Jadval asosida bog‘ hududida 6-sinflar o‘rtasida stol tennisi, 7-sinf qizlari o‘rtasida nayza otish, 7-sinf o‘g‘il bolalari o‘rtasida yugurish, 8-sinf qizlar o‘rtasida shashka va o‘g‘il bolalar o‘rtasida shaxmat sport musobaqalari tashkil etildi.

“Baxtli bolalik”ni aks ettiruvchi rasmlar asfaltda ifoda etildi. Bundan tashqari bog‘cha tarbiyalanuvchilari o‘rtasida velosiped poygasi qizg‘in tarzda tashkil etildi.

“Mustaqil Vatanim – 26 yoshda” mavzusidagi rasmlar tanlovi ham barchani o‘ziga jalb etdi. Barcha turda ishtirok etgan bolalarning g‘oliblari aniqlandi va ularga, ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Asaka tuman kengashi tomonidan 70 nafar ishtirokchilarga o‘yinchoqlar sovg‘a sifatida berildi.

Bundan tashqari “Qizil yarim oy” jamiyati tomonidan 15 nafar nogiron o‘quvchilarga ertak xamda badiiy kitoblar berildi.

Tuman madaniyat bo‘limi hamda tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan bolalar uchun katta konsert namoyish etildi.

2 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar