31/05/2017
Harakatlar isbotini topdi

Бухоро шахар ЭНБТ (4) - копия

Barchamizga ma’lumki, 2011-yildan boshlab har ikki yilda bir marta O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. 2013, 2015-yillarda Buxoro davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey, Buxoro shahar 123-maxsus maktab-internat boshlang‘ich tashkilotlari ko‘rik-tanlovning tarmoq respublika bosqichida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, munosib taqdirlanganligi ko‘rik-tanlovning nufuzini oshirdi.

«Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi Nizomiga ko‘ra, joriy yilning aprel oyidan boshlab Buxoro shahridagi ta’lim, fan va madaniyat muassasalari boshlang‘ich tashkilotlari o‘rtasida tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. 138 ta boshlang‘ich tashkilotlarning mazkur tanlovda qatnashish tashabbusi bilan chiqqanligi tadbirga qiziqish ortib borayotganligidan dalolat beradi. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha komissiya mazkur tashkilotlarning faoliyatini o‘rganib, Nizomda belgilangan mezonlar doirasida baholadi.

Tashkilotlar tomonidan to‘plangan ballar natijasiga ko‘ra, a’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan Buxoro shahridagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushma tashkiloti 1-o‘ringa, 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushma tashkiloti 2-o‘ringa va 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushma tashkiloti 3-o‘ringa munosib topildi.

A’zolar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan Buxoro san’at kolleji boshlang‘ich tashkiloti 1-o‘rinni, Buxoro politexnika kasb-hunar kolleji 2-o‘rinni va Buxoro viloyat xalq ta’limi pedagog xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Eng yuqori natijalarga erishgan Buxoro shahridagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Buxoro san’at kolleji kasaba uyushma tashkilotlari ko‘rik-tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Shahar kengashi tomonidan kelgusida ularning faoliyatini ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

“Ko‘rik-tanlov kasaba uyushma qo‘mitalari va faollarini yangilikka, tashabbuslarga, harakatga undaydi. Tadbirda o‘zaro tajriba almashish, namunali tadbirlarni o‘rganish imkoniyati yaratildi. Hararkatlarning kasaba uyushma a’zolariga naf keltirayotganligidan xursandmiz,” – deydi Buxoro viloyat xalq ta’limi pedagog xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti kasaba uyushma qo‘mitasi a’zosi Mavluda Oripova.

Бухоро шахар ЭНБТ (2) - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar