22/05/2017
Mazmunli hordiq

???????????????????????????????

Buxoro muxandislik texnologiya instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va mehnat samaradorligini oshirish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.

Kasaba uyushma a’zolarining tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda joriy yilning 19-may kuni oliy ta’lim muassasasi xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ishtirokchilarning takliflariga binoan musobaqalar zamonaviy “Buxoro futbol plyus” MCHJga qarashli futbol maydonida bo‘lib o‘tdi. Musoboqalarda 150 nafardan ziyod pedagog xodimlar ishtirok etdilar.

Ko‘tarinki kayfiyatda va qizg‘in bellashuvlar ostida o‘tgan bahslarda “Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti jamoasi puxta tayyorgarlik tufayli yaqqol ustunlikka erishdi va birinchilikni qo‘lga kiritdi. “Kimyoviy texnologiya” fakulteti jamoasi ikkinchi, “Muhandislik texnika” fakulteti jamoasi uchinchi o‘rinni egalladilar. G‘olib jamoalar kasaba uyushma qo‘mitasining “Faxriy yorliq”lari va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

“Jamoamizda sportga bo‘lgan qiziqish katta, musobaqalar, ishtirokchilar soni oshib bormoqda. Ayniqsa, musobaqalarning zamonaviy futbol maydonlarida yuqori saviyada tashkil etilgani nur ustiga a’lo nur bo‘ldi. Sport tadbirlarida hordiq chiqaramiz” – deydi mamnuniyat bilan bellashuvlarning eng yoshi ulug‘ qatnashchisi, “Oliy matematika“ kafedrasi dotsenti Muxsin Teshayev.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar