29/05/2017
“Bolajonlarga quvonch baxsh etib”

20160528_091542

1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida tadbirlar tashkil etildi. Kengashga a’zo barcha umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida madaniy tadbirlar, “Har doim bo‘lsin quyosh” shiori ostida asfaltga rasm chizish va rasmlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Jizzax shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi, 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari hamda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari tomonidan shahardagi “Mehribonlik uyi va 5-sonli “G‘uncha” alohida yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun bayram konsert dasturlari namoyish etildi.

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax shahar kengashi tomonidan “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun badiiy adabiyotlar, Jizzax shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash tashkil etish bo‘limiga qarashli 5-son “G‘uncha” alohida yo‘nalishdagi (nutqida nuqsoni bor va aqli zaif bolalar) maktabgacha ta’lim muassasasining 11 nafar nogiron tarbiyalanuvchilari uchun o‘quv-qurollari taqdim etildi.

Aksiya doirasida kengash tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun viloyat “O‘lkashunoslik” va “Sh.Rashidov” muzeylariga bepul ekskursiyalar tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlar bolalarda katta taassurot uyg‘otdi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar