30/05/2017
Jizzaxda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari saralanmoqda

1

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax viloyati tuman, shahar kengashlari tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining tutgan o‘rni va mavqeini yanada oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur me’yoriy-huquqiy asoslarni va barcha shart-sharoitlarni yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2011-yildan boshlab har ikki yilda bir marta O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘rtasida “Eng na’munali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi bu sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘lmoqda. Ko‘rik-tanlovning o‘tkazilishi natijasida korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyasini ta’minlash borasidagi amaliy ishlarga shuningdek ularga yetarli mehnat sharoitlarini yaratib berilishini, jamoa shartnomalarida belgilangan imtiyozlardan barcha xodimlar birdek foydalanishlarini, kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislari va tashkilotchilari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash masalalariga e’tibor kuchaymoqda.

Jumladan tarmoqning G‘allaorol tumani kengashi tomonidan kasaba uyushma a’zolari 100 nafargacha bo‘lgan ta’lim muassasalarida kasaba uyushma tashkilotlari 7 ta hududga bo‘linib, 25, 26, 27-aprel va 1, 2, 3, 4-may kunlari o‘tkazildi. Har bir hududdan 3 nafardan yuqori ball olgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining hujjatlari 2017-yil 11-may kuni tashkiliy qo‘mita tomonidan qayta ko‘rib chiqildi. Tashkiliy qo‘mita xulosasiga ko‘ra Bolalar va o‘smirlar sport maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti 1-o‘rinni, 90-umumta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi 2-o‘rinni, 1-maktabgacha ta’lim muassasasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi 3-o‘rinni egalladi.

100 nafardan ortiq kasaba uyushma a’zosiga ega bulgan 44, 22-umumta’lim maktablari va Lalmikor sanoat kasb-hunar kolleji boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri 2017-yil 11-may kuni tuman bosqichida ishtirok etib, eng yuqori ball to‘plagan 44-umumta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti 1-o‘rinni, Lalmikor sanoat kasb-hunar kolleji boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti 2-o‘rinni va 22-umumta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti 3-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar tuman kengashining diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar