16/05/2017
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi

Arnasoy tumanidagi ta’lim va madaniyat muassasalari o‘rtasida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida ish faoliyatini namunali darajada yo‘lga qo‘yish, boshlang‘ich tashkilotlardagi kasaba uyushmasi faollarining professional darajasini oshirish, ularda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida 2017-yil 13-may kuni “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqich bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi kasaba uyushmalari faollarini, shuningdek yoshlarni kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etish, har bir tashkilot va muassasada jamoa shartnomalarini tuzilishi, bajarilishini yil yakunlari bo‘yicha mehnat jamoalarining umumiy yig‘ilishlarida muhokama etib borish, xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratilishiga erishish, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida mehnat qonunlariga rioya etilishini ta’minlash, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratilish kabi masalalarda ularning faolligi o‘rganib chiqib maxsus komissiya a’zolari tomonidan baholandi.

Tadbirda tuman bosqichi yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni 20-umumta’lim maktabi, 2-o‘rinni 5-umumta’lim maktabi va 3-o‘rinni 5-sonli musiqa va san’at maktablari boshlangich kasaba uyushma tashkilotlari qo‘lga kiritib, ushbu boshlang‘ich tashkilot hujjatlari eng namunali deb topildi va viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar