06/06/2017
1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”

DSCN5113 - копия

“1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Mirishkor tuman kengashi hamda Mirishkor tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi o‘rtasida 2017-yilning 29-may kuni qo‘shma qaror qabul qilinib, bayramini o‘tkazish bo‘yicha tadbir ishlab chiqildi.

Mirishkor tumanida tadbirning asosiy qismi joriy yilning 1-iyun kuni Yangi Mirishkor shaharchasidagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etildi. Tadbirga kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar farzandlari jalb etildi. Ushbu tadbirlarda bolajonlar uchun har xil tanlovlar, qiziqarli bellashuvlar tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlarga tuman kengashi tomonidan o‘quv qurollari tarqatildi.

2017-yilgi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida kam ta’minlangan pedagog xodimlarning 85 nafar farzandlari ta’lim xodimlarining xomiyligida statsionar ormgohlarda ya’ni 40 nafari yozgi mavsumning III bosqichida Yakkabog‘ tumanidagi “Istiqlol g‘unchalari”, 45 nafari yozgi mavsumning IV bosqichida Shahrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” oromgohlarida dam oldiriladi.

Ushbu mavsumda o‘quvchilarning 380 nafari tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan “Barkamol avlod” bolalar markazidagi hamda 250 nafari 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabidagi to‘garaklarga, 820 nafari esa Bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan to‘garaklarga qatnashadi.

Maktablarda tashkil etilgan kunduzgi oromgohlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, huquqbuzarlikka moyil bolalar jalb etiladi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar