18/05/2017
Faollar o‘quvi o‘tkazildi

??????????

2017-yilning 16-may kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi ta’lim muassasalari rahbarlari va tayanch kasaba uyushmasi tashkilotlari faollarining “Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini ijrosini ta’minlashda ta’lim muassasalari ish beruvchilarining davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikdagi vazifalari” mavzusida tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi faollar zalida o‘quv-seminari o‘tkazildi. O‘quv-seminarda tumandagi xalq ta’limi muassasalari, kasb-hunar kollejlari rahbarlari va tayanch kasaba uyushma tashkilotlari faollaridan iborat 125 nafar ishtirokchilar ishtirok etdilar.

O‘quv-seminar Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini ijrosini ta’minlashda ta’lim muassasalari ish beruvchilarining davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikdagi vazifalari hamda majburiy mehnatning taqiqlanishi bo‘yicha ish beruvchilar va kasaba uyushma a’zolari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida tashkil etildi. Tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorligi” mavzusida tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri T.Safarov, “Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishda kasaba uyushma tashkilotlarining vazifalari” mavzusida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Koson tuman kengashi raisi O.Do‘stmurodova, “Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini hayotga tatbiq etishning dolzarb vazifalari” mavzusida Koson kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori B.Soyipovlarning ma’ruzalari eshitildi.

O‘quvda “Tumandagi ta’lim muassasalarida 2017-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslikka tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi” bilan tanishtirildi. Tadbirlar rejasini amalga oshirishda mas’ul rahbarlar va jamoatchilik vakillarining asosiy vazifalari haqida alohida to‘xtab o‘tildi. Ushbu yo‘nalishda ta’lim muassasalari jamoasi, ota-onalar va o‘quvchi-talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishning ta’sirchan usullari haqida axborot berildi. Targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda foydalanish uchun tarqatma materiallar, bannerlar tarqatildi. Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mehnat jamoalari va aholining turli qatlamlari o‘rtasida o‘tkaziladigan monitoring shakllaridan namunalar namoyish etildi.

O‘quv-seminar oxirida Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalari ijrosini ta’minlash yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi, seminar ishtirokchilarining fikr-mulohazalari o‘rganildi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar