05/06/2017
Bolalar bizning kelajagimiz

DSC_0034 - копия

“Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi doirasida 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Shahrisabz tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarda “Har bir bolaga e’tibor kerak”, “Bolalar bizning kelajagimiz” shiori ostida madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar doirasida joriy yilning 1-iyun kuni ta’lim muassasalaridagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila farzandlari, iqtidorli bolalardan 50 nafari ishtirokida muzeylarga, hayvonot va istirohat bog‘lariga sayohatlar tashkil etildi.

Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida Shahrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” va “V.Berdiev” nomli bolalar oromgohida 275 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini dam oldirish rejalashtirildi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar