07/06/2017
Bolalarga bayram sovg‘alari topshirildi

SAM_0660 - копия

1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar kengashi tomonidan “Kasaba uyushmalari-bolalarga!” aksiyasi doirasida birmuncha tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, 1-iyun kuni Nukus shahar 6- va 50-maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari orasida bo‘lib, ularga bayram sovg‘alari topshirilgan bo‘lsa, 2-iyun kuni 20 ta nogiron bolalar holidan xabar olindi va ularga ham bayram sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbirlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorgi kengashi qo‘mita raisi D.Kurbaniyazov, Nukus shahar hokimi J.Opayev, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi R.Abduraxmanovlar ishtirok etdilar.

SAM_0632 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar