22/05/2017
Xatna to‘ylari namunali o‘tkazildi

Odamlarga mehr-muruvvatli bo‘lish, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish o‘ziga xos tarbiya maktabi hamda avlodlar va ajdodlarni bog‘lab turgan ma’naviy rishta sifatida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi tadbirlarida ham o‘z ifodasini topmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan bir qator jamoat tashkilotlari ishtirokida “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida katta shodiyona bilan o‘tkazilayotgan xayriya sunnat to‘ylarida xalqimizning bag‘rikenglik va saxovatpeshalik fazilatlari namoyon bo‘lmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri joryy yilning 16-may kuni tumanimizdagi “Ustoz” to‘yxonasida o‘tkazildi. Bayramona bezatilgan bazmgoxdagi karnay-surnay sadolari barchani to‘yga chorladi. Sarpolari o‘zlariga yarashgan Oqdaryo va Ishtixon tumanlaridan tashrif buyurgan 15 nafar to‘y bolalar hamda ularning yaqinlari yuzida quvonch va hayajon.

Tadbir tashkilotchilari, xususan, tuman hokimi Pirmatboy Usarov, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limining raisi Toshpo‘lat Ashurov va boshqalar so‘zga chiqib, inson manfaatlari amalda qadr topgan mamlakatimizda savobli va xayrli ishlar yanada ko‘payib borayotganini ta’kidlab, to‘y bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bo‘lishlarini tiladilar.

To‘y bolalarga “Xalq banki” bo‘limida ular hisobiga bir million so‘mdan mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari, bosh-oyoq sarpolar topshirildi.

Viloyat hamda tumandan tashrif buyurgan xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga bayramona fayz va shukuh bag‘ishladi.

— Ushbu to‘y ana shu jajjigina o‘g‘lonlar xotirasida yaxshilik, mehr-saxovat ramzi sifatida bir umr muhrlanib, ularni hamisha xayrli ishlarga undab turishiga shubha yo‘q, – dedi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashining raisi Jamol Xudoyqulov.

Demak, ezgulik, mehr-saxovat tadbirlari hamisha davom etaveradi.

 

Manba: “Oqdaryo ovozi” gazetasi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar