22/05/2017
Tanlovning birinchi bosqichi yakunlandi

Joriy yilning 15-may kuni ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Oqdaryo tuman kengashi tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida ko‘rik-tanlovning hududlar bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallagan boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati bo‘yicha ko‘rgazma namoyish etildi.

Tadbirda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqich natijalariga ko‘ra, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini kuchaytirish, mehnat muhofazasini ta’minlash, bandlikka ko‘maklashish, mehnatkashlar va ularning farzandlari salomatligini mustahkamlash, mehnat jamoalarida madaniy-ma’rifiy va sport ishlarini tashkil etish hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi samarali natijalarga erishayotgan, korxona ijtimoiy hayotida munosib o‘rin egallab, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashga erishayotgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari aniqlanib, kasaba uyushmasi a’zolari soni 100 nafargacha bo‘lgan tumandagi 4-maktabgacha ta’lim muassasasi hamda a’zolar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan 63-yordamchi maxsus maktab internati boshlang‘ich tashkilotlar hujjatlarini alohida-alohida o‘rganib chiqib, belgilangan baholash mezonlariga muvofiq baholandi.

Tadbir so‘ngida har ikkala boshlang‘ich tashkilotlar tuman kengashi tomonidan tayyorlangan maxsus diplom hamda esdalik sovg‘apari bilan taqdirlanib, tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

 

Manba: “Oqdaryo ovozi” gazetasi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar