14/06/2017
Yozgi sog‘lomlashtirish – 2017

1 - копия

Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilib, o‘g‘il-qizlarimizning intellektual rivojlanishi, ma’naviy va jismoniy kamoloti yo‘lida keng qamrovli ishlar amalga oshiriib kelinmoqda.

Bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli tadbirlar ham shular sirasiga kiradi. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shayxontohur tuman kengashiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim  maktablar soni 36 tani tashkil etadi.

Toshkent shahar hokimining 2017-yil 31-maydagi 74-F-sonli farmoyishiga asosan yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tumandagi 7 ta (20, 59, 84, 102, 169, 320, 324) maktablarda yozgi oromgohlar va 24 ta maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etildi. Farmoyishga asosan sog‘lomlashtirish maydonchalari joriy yilda faqat bir oy ya’ni, iyun oyida faoliyat yuritishi nazarda tutilgan bo‘lsa, oromgohlar 12 iyundan boshlab, 4 avgustgacha to‘rtta mavsum ishlashi belgilangan.

24 ta umumta’lim maktablarda tashkil etilgan maydonchalar rejaga muvofiq 2 iyundan, oromgohlar 12 iyundan o‘z faoliyatlarini boshladi. Reja bo‘yicha oromgohlarda 4 ta mavsumda 2820 nafar bolalar sog‘lomlashtirilishi belgilangan bo‘lib, bir masumga 735 nafar bolalar qamrab olindi.

Ushbu oromgohlarda bolalarning mazmunli dam olishlari uchun fan to‘garaklari bilan bir qatorda sport hamda kasb-hunarga yo‘naltirilgan to‘garaklar aniq reja asosida ishlashi nazarda tutilgan.

Tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi hamda tuman kasaba uyushmasi kengashi tomonidan sog‘lomlashtirish mavsumi davomida tuman oromgohlari o‘rtasida “Kim epchilu-kim chaqqon” sport musobaqasi va “Kitob – tafakkur timsoli” ma’naviy tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2 - копия

 

 

 

 

 

3 - копия

 

 

 

 

 

 

 

4 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar