29/05/2017
Boshlang‘ich tashkilotlar ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yakunlandi

Bugungi kunda kasaba uyushma tashkilotlari, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularga qulay mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bo‘yicha muhim vazifalarni amalga oshirmoqdalar. Albatta, bunday vazifalarni amalga oshirishda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining korxona, tashkilot va muassasalarda tutgan o‘rni va mavqeini yanada oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur me’yoriy-huquqiy asoslarni yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida har ikki yilda o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot”respublika ko‘rik-tanlovining tashkil etilishi, boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning muhim omili bo‘ldi.

Joriy yilda mazkur ko‘rik-tanlov, ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yunusobod tuman kengashi tomonidan joriy yilning 26-may kuni tumandagi 250-sonli umum o‘rta ta’lim maktabida yuqori saviyada tashkil etilib, unda 92 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari qamrab olindi.

Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi komissiya a’zolari tomonidan xolislik va adolat mezonlariga amal qilgan holda, a’zolar soni 100 nafargacha va 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida tashkil etildi.

A’zolar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rin Toshkent turizm kasb-hunar kolleji (KUQ raisi – Yunustoeva Irisoy Yusupalievna), 2-o‘rin 260-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (KUQ raisi – Xakimova Gulmira Abdullaevna) va 3-o‘rin 257-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (KUQ raisi – Musaeva Nargiza Robbimovna) boshlang‘ich tashkilotiga nasib etdi.

A’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida esa 1-o‘rin Davlat test markazi (KUQ raisi – Alimov Akbarali Muxamatovich), 2-o‘rin 307-maktabgacha ta’lim muassasasi (KUQ raisi – Shonig‘matova Ma’suda Shoaziz qizi) va 3-o‘rin 554-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi (KUQ raisi – Maxkamova Mohiraxon Sabitovna) boshlang‘ich tashkilotiga nasib qildi.

Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida, ikki yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan hamda rag‘batlantirish uchun tavsiya etilgan 6 ta boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirga barcha boshlang‘ich tashkilot faollari taklif qilindi.

Tantanali tadbir so‘ngida, ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida g‘oliblikni egallagan boshalng‘ich tashkilotlar tuman kengashi tomonidan rag‘batlantirildi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar