14/07/2017
“Ayollar sport festivali” sport musobaqalari o‘tkazildi

5 - копия

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 11/226-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yil 12-iyul kuni Gurlan tumani A.Navoiy nomli Madaniyat va istirohat bog‘ida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida hamda “Mustaqilligimizning 26 yilligi” bayrami munosabati bilan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” shiori ostida an’anaviy mintaqaviy “Ayollar sport festivali” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Gurlan tuman Kengashi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limlari bilan hamkorlikda sportni ommaviyligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bu borada tarmoq tizimida ishlayotgan xotin-qizlar faolligini oshirish maqsadida “Ayollar sport festivali” o‘tkazildi.

Musobaqalar sportning quyidagi turlarida: “Shaxmat malikasi”, “Stol tennisi”, “Arqon tortish”, “100 metrga yugurish”, “Armrestling” bo‘yicha ikki yosh toifasida 18-35 yosh va 36-55 yosh toifalarida bo‘lib o‘tdi. “Ayollar sport festivali” ommaviy tarzda tashkillashtirilib, musobaqalarda 42 ta umumta’lim maktablari, 7 ta kasb-hunar kollejlari va mahallalardagi uyushmagan ayollardan qariyib 500 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdilar.

“Ayollar sport festivali”ni tuman hokimi Q.Madraximov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlarini amalda bajarish, 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, ayollarda harakat sifatlarini rivojlantirish hamda ayollarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sport orqali ayollarning barkamol yetuk bo‘lishlariga yordamlashish, ayollarni salbiy ta’sirlardan himoya qilishga va zararli odatlardan xalos etishga ko‘maklashish, mahalla va tashkilotlardagi ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi maqsad va vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek tuman IIB boshlig‘i R.Qo‘chqarov, tuman prokurori J.Axmedovlar so‘z olib musobaqalarning murosasiz va bahslarga boy bo‘lib o‘tishida barchaga omad tiladi.

Tuman markaziy istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan musobaqa ochilishida “Yosh karate” ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, respublika miqyosidagi va xalqaro musobaqalarda erishayotgan g‘alabalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Shu bilan birgalikda tadbir davomida ishtirokchilar musobaqaga tashrif buyurganlar uchun kitob savdosi, kasanachi ayollar tomonidan qo‘lda tayyorlangan turli xil buyumlar savdosi yo‘lga qo‘yildi.

Festivalning faol ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo‘yicha tuman Kengashining hamda hamkor tashkilotlarning Faxriy yorliqlari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

7 - копия

 

 

 

 

 

 

 

8 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar