23/05/2017
Bog‘ot tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik- tanlovining tuman bosqichi yakunlandi

1 - копия

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Bog‘ot tuman kengashi tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi 2017-yil 17-may kuni yakunlandi. Ushbu ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad boshlang‘ich tashkilotlarning rolini kuchaytirish, nufuzini oshirish, kasaba uyushmasi afzalliklarini kengroq targ‘ib qilish, faoliyatini takomillashtirishdan iboratdir.

Ko‘rik-tanlov 100 nafargacha a’zosi bo‘lgan va 100 nafardan ortiq a’zolarni birlashtirgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda 100 nafargacha a’zosi bo‘lgan 70 tashkilotdan 42 tasi va 100 nafardan ziyod a’zoni birlashtirgan 7 tashkilotdan 6 tasi ishtirok qildilar.

Komissiya ko‘rik-tanlovda ishtirok qilgan 48 ta boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqdi.

Asosiy e’tibor xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash, xodimlarga normal ish va dam olish sharoitini yaratib berish, mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni, madaniy-ma’rifiy va sport sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish, Ustav talablari asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib qilish, kasaba uyushmalari afzalliklarini asoslash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga qaratildi.

“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilarining faoliyatini baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda har bir tashkilot uchun baholash varaqasi to‘ldirildi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazuvchi komissiya xulosasiga asosan 100 nafargacha kasaba uyushma a’zolari bo‘lgan tashkilotlar ichida tumandagi 3-sonli maktabning boshlang‘ich tashkiloti 1-o‘rinni, 1-sonli maktabning boshlang‘ich tashkiloti 2-o‘rinni va 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining boshlang‘ich tashkiloti 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Kasaba uyushma a’zolari 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlar ichida Bog‘ot maishiy xizmat va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining boshlang‘ich tashkiloti 1-o‘rinni, Iqtisodiyot kollejining boshlang‘ich tashkiloti 2-o‘rinni va 30-sonli maktabning boshlang‘ich tashkiloti 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

G‘oliblar tuman kengashining faxriy yorliq hamda rag‘batlantiruvchi sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga 3-sonli maktabning boshlang‘ich tashkiloti hamda Bog‘ot maishiy xizmat va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji kasaba uyushma tashkiloti hujjatlari taqdim etildi.

2 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar