30/06/2017
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining 2-bosqich g‘oliblari aniqlandi

1 - копия

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati shahar, tuman kengashlari tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi baholash mezonalri asosida boshlang‘ich tashkilotlarda tanlovning 1-bosqichi jami 1349 ta boshlang‘ich tashkilotlarda o‘tkazilib, ulardan 1098 ta 100 nafargacha a’zosi bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlarni, 251 ta 100 nafardan oshiq boshlang‘ich tashkilotlarni tashkil etdi. Ko‘rik-tanlovning 2-viloyat bosqichiga jami 38 ta kasaba uyushma tashkilotlari hujjatlar taqdim etdi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich tashkilotlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, tashkilot va muassasalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich tashkilotlarning faol ishtirokini ta’minlash,boshlang‘ich tashkilotlardagi kasaba uyushmasi faollarining professional darajasini oshirish, ularda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish hamda kasaba uyushmalari faollarini, shuningdek yoshlarni kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etish maqsadida o‘tkazildi

Ayniqsa; ko‘rik-tanlovda xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida mehnat qonunchlgiga rioya etilishini ta’minlashga,faoliyatni ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri va samarali tashkil etilishiga, ixtiyorlarida qoldirilgan mablag‘lardan tasdiqlangan smetalarga muvofiq maqsadli foydalanilishiga qaratilgan.

Ko‘rik-tanlovning baholash mezonida belgilangan madaniy-ma’rifiy va sport ishlarini tashkillashtirish, mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, tashkiliy masalalar targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish ishlari baholandi.

Ko‘rik-tanlovning 100 nafargacha kasaba uyushma a’zo bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida 1-o‘rinni Rishton tumani 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti, 2-o‘rinni Marg‘ilon shahar 1-sonli Mehribonlik uyi kasaba uyushma tashkiloti, 3-o‘rinni Dang‘ara tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi eglallagan bo‘lsa, 100 nafardan ortiq boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida Rishton tumani 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti, 2-o‘rinni Yozyovon tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti, 3-o‘rinni Oltiariq tumani 1-aniq va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti egalladi.

2-bosqichda 1-o‘rinni egallgan 100 nafargacha kasaba uyushma a’zolari bo‘lgan Rishton tumani 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti, 100 nafardan ortiq kasaba uyushma a’zolari bo‘lgan Rishton tumani 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti g‘olib deb topildi va Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

2 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar