08/08/2017
Maqsadimiz bitta – “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashish!”

2 - копия

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Beshariq tumanida kasaba uyushma faollari uchun joriy yilning 16-iyul kuni “Yurt taraqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi Forum yakuni yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarda Beshariq tuman hokimining Yoshlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, tarmoq kasaba uyushmalari, tuman kengashlari raislari, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faollari ishtirok etdi.

Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forum barcha kasaba uyushmalari birlashib, dasturda belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash, ijtimoiy sheriklik asosida davlat bilan xalqni yanada jipslashtirib, ijtimoiy sohadagi rolini oshirganligi ta’kidlandi.

Harakatlar strategiyasida belgilangan beshta ustuvor yo‘nalish mazmun-mohiyati, yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid bo‘limlar va vazifalardan iborat ekanligi to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga yetkazildi. Yuqoridagi yo‘nalishlar yuzasidan 1-IDUM boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi R.Yangirova, tuman markaziy shifoxona vrachi I.Abdumalikov, tuman moliya bo‘limi xodimi, kasaba uyushma raisi Burxonjon Solijonov, ASM kasaba uyushma a’zosi “Mang‘it” fermer xo‘jaligi rahbari R.Qayumovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forumi ishtirokchilarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolariga murojaati o‘qib eshitirildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forumi yakuni to‘g‘risidagi seminarlarni Beshariq tumani kasaba uyushma faollari barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida tashkil etish va ularga yetkazishni belgilab oldi.


Yangiliklar