18/05/2017
Oliy o‘quv yurti bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

2 - копия

Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi va Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan joriy yilning 15-may kuni Farg‘ona Davlat universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2017-yil 26-apreldagi 01-05-08-sonli hamda viloyat hokimligining 2017-yil 25-apreldagi 200-01-50-sonli “Viloyatdagi oliy talim muassasalarini 2016-2017 o‘quv yilida tamomlaydigan bitiruvchilarni tashkilot, muassasa va korxonalarning ehtiyojlari asosida ishga taqsimlash, joylashtirish va bandligi monitoringini samarali tashkil etish borasidagi tadbirlar rejasi”ning 2- va 10-bandlarida belgilangan bitiruvchilar bandligini taminlashda oddiy tilda va qulay shaklda tushuntirish maqsadida 2016-2017 o‘quv yili bitiruvchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi L.Axmedova, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakili I.Ismoilov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining yuridik bo‘limi mudiri O.Qozixonova, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisoday manfaatlarini himoya qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi X.Mamaziyayeva, Farg‘ona Davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.G‘oziyev hamda universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mita raislari ishtirok etdi.

Seminarda 2016-2017 o‘quv yili bitiruvchilariga tashkilot muassasa va korxonalarning ehtiyojlari asosida ishga taqsimlash masalasi, ishga joylashtirish, O‘zbekiston Respublikasinig Mehnat kodeksidagi ishga joylashtirish, mehnat shartnomasi, mehnat shartnomasini tuzish, ish vaqti, dam olish vaqti, ta’tillar, mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish, tadbirkorlik huquqlari, kafolatlari, kreditlar olish, kichik korxonalar ochish tartibi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Seminarda 150 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi va ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Bu kabi seminarlar viloyatda faoliyat yuritayotgan boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham o‘tkazilmoqda.

1 - копия

 

 

 

 

 

3 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar