02/06/2017
Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot muassasalaridagi yosh olimlar kimyogarlar kunini munosib nishonlashadi

002 - копия

Har yili may oyining oxirgi sanasi yurtimizda “Kimyogarlar kuni” sifatida, soha xodimlari orasida keng nishonlanadi. Kimyogarlar kuni – kimyo sanoati va fan xodimlari kasb bayrami. Bu bayramni, nafaqat kimyo sanoati xodimlari, balki, kimyo yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, ushbu sohada izlanish olib borayotgan tadqiqotchi, yosh olimlar, qo‘yinki, hayoti kimyo fani bilan bog‘liq bo‘lgan hamma-hamma keng nishonlaydi.

Ayniqsa, bu bayram Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot muassasalaridagi yosh olimlar davrasida o‘zgacha o‘tadi. Ilmiy seminarlar, konferensiyalar, bayramga bag‘ishlangan madaniy ma’rifiy tadbirlar va ajoyib-qiziqarli kimyoviy tajribalar namoyishi bilan o‘tadi.

Zero, insoniyatning bugungi taraqqiyot darajasida, zamonaviy ilm-fan yutuqlarida kimyoning o‘rni beqiyosdir. Aerokosmik miqiyosidagi kashfiyotlardan tortib, oddiy maishiy kundalik turmushimizgacha kimyo mahsulotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydigan darjaga yetib kelib ulgurgan. Kimyo-zamonaviy ilm-fanning eng muhim, ajralmas qismlaridan biridir.

Bunday tadbirlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibidagi O‘simlik moddalari kimyosi, Umumiy va noorganik kimyo, Polimerlar kimyosi va fizikasi, bioorganik kimyo institutlarida o‘zgacha tarzda nishonlanib kelinmoqda.

Bunda Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi va institular boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tashabbusi bilan har yili ilmiy tadqiqot muassasalari taklifiga ko‘ra Toshkent viloyatining so‘lim joylari hisoblangan Kumishkon, So‘qoq, Sijjak, Chorvoq kabi dam olish maskanlariga bir kunlik sayohatlar uyushtirilib, ilmiy tadqoqot muassasalari laboratoriya xodimlari o‘rtasida turli xil ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari uyushtirilib yuqori natijaga erishgan ilmiy xodimlarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi tadbirlar bu yil ham o‘tkazildi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar