22/05/2017
Muzeylar kuni

_HDM0222 - копия

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi A.Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi ma’muriyati va birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 2017-yil 18-may – “Xalqaro muzeylar kuni” hamda muzeyning sobiq katta ilmiy xodimi, bugungi kunda fahriysi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘xtamurod Zufarovning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirni muzey rahbari filologiya fanlari doktori Saidbek Xasanov olimning hayoti va faoliyati haqida kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda tadbir qatnashchilarini Xalqaro muzeylar kuni bilan tabrikladi.

Tadbirda T.Zufarovning hamkasblari, kursdoshlari uning serqirra ilmiy faoliyati va insoniy fazilatlari to‘g‘risida samimiy fikrlarni bildirdilar. Xususan, “Xat ta’limi” (xusnixat xattotlik san’ati) va xalqning badiiy tafakkurida va manaviyatida nechog‘li katta ahamiyat kasb etganligi haqida gapirdilar.

Kechada O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining Sharq musiqa fakulteti an’anaviy ijrochilik kafedrasi talabalaridan iborat xofizlar Sayyor Jo‘raev, Umid Sheraliev hamda Shaxzod Hamdamovlar ishtirok etib xalqimiz orasida sevib tinglanadigan klassik kuy va lirik qo‘shiqlar ijro etdilar.

Bunday tadbirlar Fanlar akademiyasi tarkibidagi barcha muzeylarda, ya’ni: “Qatog‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”, “San’atshunoslik instituti”, “O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi”, “Temuriylar tarixi Davlat muzeyi”larida ham tashkillashtirilib sobiq ishchi xodimlar va keksa faxriylar taklif etilib ular e’zozlandi.

IMG_8644 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar