10/11/2017
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

1

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shofirkon tuman kengashi va tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan joriy yilning 9-noyabr kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar va kasaba uyushmasi faollari ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, targ‘ibot qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirni tuman kengashi raisi G‘.Ne’matov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda tuman xalq ta’limi bo‘limi o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash sho‘’basi rahbari D.Jo‘raevning “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzuidagi ma’ruzasi tinglandi. 14 va 23-umumiy o‘rta ta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari N.Abdullaev va D.Murodovlar o‘z so‘zlarida Konstitutsiyamizning yaratilishi tarixi, uning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, bilish har bir fuqaroning burchi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Tadbirda o‘quvchilar o‘rtasida ”Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzuida o‘tkazilgan insholar va rasmlar tanlovi g‘oliblari, ularning ustozlari kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar