19/01/2018
Yoshlarning huquqiy immunitetini oshirish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi

2

Mamlakatimiz rivoji, kuchi-qudrati va salohiyatida yoshlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Shu sababdan bugungi kunda O‘zbekistonda ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish umummilliy va umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib turibdi. Joriy yilning 18-yanvar kuni Jizzax viloyat kasaba uyushma tashkilotlari Yoshlar birlashmasi va muassasa kasaba uyushma iщmitasi tomonidan Jizzax davlat pedagogika institutida yosh xodimlar va talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va huquqiy immunitetini oshirish maqsadida ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha  maslahatchisi M. Abduraxmonov yuridik bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Nurillaev, Jizzax davlat pedagogika instituti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi D. Achilov, Markaziy bank Jizzax viloyat bosh boshqarmasi kichik biznes bo‘limi mutaxassisi S.Esonov, Jizzax viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hududiy bandlik dasturlarini shakllantirish bo‘limi mutaxassisi A.Fayziev va institut o‘qituvchilari so‘zga chiqib, o‘zlarining faoliyatiga doir yoshlarning huquq va erkinliklari, bugungi kunda yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan o‘rtoqlashishdi hamda, yoshlarni o‘ylantirayotgan hayotiy va kasbiy muammolar, shuningdek, yoshlardan kelib tushayotgan muammoli masalalar va ularning yechimi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va mulohazalarini bildirdilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qarori asosida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan faol yoshlarga kasaba uyushmalari stipendiyasi ta’sis etilib, sixatgoxlarga bepul yo‘llanmalar ajratilmoqda. Shunga asosan jamoat ishlarida va o‘qish jarayonida faol qatnashgani uchun Jizzax davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 201-guruh talabasi Dilafruz Mamasolievna Jumanovaga kasaba uyushmalari stipendiyasi tayinlanib, Jizzax Politexnika instituti “Elektromexanika va radioelektronika” fakulteti, Metrologiya yo‘nalishi 1-bosqich 332-17 guruh talabasi Islom Komilovich Karimovga sog‘ligini tiklash uchun sihatgohga bepul yo‘llanma ajratildi.

1


Yangiliklar, Yoshlar birlashmasi

Izlash

 

So`ngi e`lonlar