28/11/2017
Sport musobaqalari o‘tkazilmoqda

1

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2017-yil 1-avgustdagi 8-23 “s”-sonli, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2017-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 10-2 “s”-sonli qarorlari asosida institut kasaba uyushma qo‘mitasining 2017-yil 4-avgustdagi 10-14 “s”-sonli qarori va shu asosda chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.

Shu asosda Jizzax davlat pedagogika institutida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning salomatligini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, ularni turli kasb kasalliklardan sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari bo‘yicha ko‘nikma hosil qildirish va madaniy dam olishlarini ta’minlash hamda belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2017-yilning 27-noyabridan boshlab sportning mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, arqon tortish va quvnoq estafeta turlaridan musobaqalar o‘tkazilmoqda. Ushbu sport musobaqalariga institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning keng qatlamini jalb etishga erishilmoqda.

Sport tadbirining tantanali ochilish marosimida musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida institut kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ushbu sport turlariga mos sport jihozlari va sport formalari xarid qilinib, foydalanish uchun musobaqa hakamlariga topshirildi. Musobaqalar 6-dekabr kuniga qadar davom etadi va g‘oliblar hamda faol ishtirok etgan xodimlar institut miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan katta bayram tantanalarida rag‘batlantirilishi rejalashtirildi.

3

 

 

 

 

 

 

2

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar