12/02/2018
Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi

IMG_2207 - копия

2018-yil 9-fevral kuni A.Navoiy nomidagi madaniyat va istiroxat bog‘ida buyuk shoir va ulug‘ mutaffakkir nomiga bunyod etilgan muhtasham haykal poyiga A.Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan gul qo‘yish marosimida, Andijon davlat tibbiyot institutida A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida A.Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada, Bobur nomidagi musiqali drama teatrida “Nazm va Navo” mavzusida tashkil etilgan konsert dasturida universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdi.

Muhtasham haykal poyiga gul qo‘yish marosimida filologiya fakulteti dekani f.f.n. dotsent Baxodirjon Rahmonov, filologiya fakulteti 1-kurs talabasi Nurxon Turg‘unboevalar o‘z ma’ruzalari va she’rlari bilan ishtirok etdi.

2018-yil 9-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida buyuk shoir va ulug‘ mutaffakkir A.Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan “Navoiy dahosi mangu barxayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda iqtidorli talabalar tomonidan Navoiy g‘azallaridan na’munalar o‘qilib, uning g‘azallari bilan ijro etiladigan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda 320 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilariga Alisher Navoiy xayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Buyuk shoir va ulug‘ mutaffakkir A.Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyat tuman, shaharlarda, viloyatdagi OTMlari, AL va KXKlari hamda umumta’lim maktablarida o‘tkazildi.

IMG_2087 - копия


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar