17/03/2018
Yoshlar birlashmasining ta’sis Konferensiyasi o‘tkazildi

20180316_121735 - копия

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan respublikamizdagi barcha tashkilotlarda yoshlar bilan ishlash tuzilmasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi negizida ham yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va mehnat sohasidagi faoliyatini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida Yoshlar birlashmasi tashkil etildi.

Yoshlar birlashmasining ta’sis Konferensiyasi joriy yilning 16 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonada o‘tkazildi. Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining tuman, shahar, boshlang‘ich tashkilotlari hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi birlashgan kasaba uyushma tashkilotidan saylangan delegatlar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.

Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yoshlar birlashmasini tuzish, Yoshlar birlashmasi Nizomini tasdiqlash, Yoshlar birlashmasi Rayosati a’zolari, raisi va uning o‘rinbosarini saylash masalalari ko‘rib chiqildi.

Konferensiya delegatlari tomonidan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha mashalatchisi Yaratov Jamil Vasilovich Yoshlar birlashmasi raisi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi mexanika va inshoatlar seysmik mustahkamligi instituti kichik ilmiy xodimi, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ayupov Gayrat To‘xtasinovich Yoshlar birlashmasi raisi o‘rinbosari etib saylandilar.

Shuningdek, tarmoq tashkilot va muassasalari mehnat jamoalarida yoshlarni kasaba uyushmasiga yanada jalb etish, ularning huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish kabi masalalar muhokama etildi.

Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov qatnashdi va so‘zga chiqdi.

Konferensiya so‘ngida ishtirokchilarning Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘ylab ekskursiyalari tashkil etildi.

20180316_114454 - копия

 

 

 

 

 

 

20180316_114611 - копия

 

 

 

 

 

 

20180316_124122 - копия

 

 

 

 

 

 

20180316_135116 - копия

 

 

 

 

 


Yangiliklar, Yoshlar birlashmasi

Izlash

 

So`ngi e`lonlar