28/12/2017
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining navbatdagi Rayosat yig‘ilishi hamda amaliy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

DSC_8203 - копия

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2017-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi faollari bilan Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hamkorligida o‘tkaziladigan amaliy o‘quv-seminar hamda Respublika kengashi Rayosatining navbatdagi 10-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 10-26 “s”-sonli qarori va Respublika kengashi tomonidan Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi bilan kelishib tasdiqlangan “O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2017-yil 25-26-dekabr kunlari kasaba uyushmasi faollari bilan Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hamkorligida o‘tkaziladigan amaliy o‘quv-seminar hamda Samarqand shahriga sayohat tadbiri DASTURI” asosida 25-26-dekabr kunlari Samarqand shahrida Respublika kengashi apparat xodimlari, Rayosat a’zolari va hududlar bo‘yicha mas’ul tashkilotchilar ishtirokida Rayosat yig‘ilishi hamda amaliy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Dastur asosida 25-dekabr kuni Samarqand shahridagi 21-o‘rta umumta’lim maktabi boshlang‘ich  kasaba uyushma tashkiloti faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi va Birinchi Prezident Islom Karimov o‘qigan maktab tarixiy  xotira muzeyiga tashrif uyushtirildi.

Tadbirlar davomida shu kuni “Zarafshon”, “Samarkandskiy vestnik” va “Ovozi Samarqand” gazetalari tahririyati boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti faoliyati bilan ham tanishilib, tashrif buyurganlarning tahririyat a’zolari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

So‘ngra Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hamkorligida amaliy o‘quv-seminar tashkil etilib, unda Respublika kengashi hamda Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi apparati xodimlari, Samarqand viloyati ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari va yirik boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashkilotlari raislari ishtirok etdi.

O‘quv-seminarni Resppublika kengashi raisi R.Bedilov va birlashma Kengashi raisi S.Rafiqovlar kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘quv-seminarda Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Dehqonov 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili”da kasaba uyushmasi faollarining dolzarb vazifalari to‘g‘risida ma’ruza qildi. So‘ngra “Kasaba uyushma a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilishda birlashma kengashining hamkorlikdagi faoliyati to‘g‘risida” birlashma Kengashi raisi S.Rafiqov ma’ruza qildi. Ma’ruzalardan so‘ng o‘zaro ochiq muloqot o‘tkazildi va barcha berilgan savollarga mas’ullar tomonidan javob berildi. O‘quv-seminarni yakuniy so‘z bilan Respublika kengashi raisi R.Bedilov yakunlab berdi.

26-dekabr kuni dastur asosida tadbirlar davomida Samarqand shahri bo‘ylab sayohat tashkil etildi va “Registon”, Xazrati Xizr masjidi, Maxdumi Azam ziyoratgohi va Imom al Buxoriy majmuasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasiga tashrif amalga oshirildi.

Shundan so‘ng, Respublika kengashi apparat xodimlari va hududlar bo‘yicha mas’ul tashkilotchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligi arafasi munosabati bilan Samarqand shahrining Registon maydonida qad ko‘targan buyuk siymolari poyiga gulchambar qo‘yib, ta’zim bajo keltirdilar va muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov qo‘nim topgan Hazrati Xizr ziyoratgohini ziyorat qildilar.

Kunning ikkinchi yarmida Respublika kengashining Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

DSC_7520 - копия

 

 

 

 

 

DSC_7689 - копия

 

 

 

 

 

DSC_7681 - копия

 

 

 

 

 

DSC_7949 - копия

 

 

 

 

 

DSC_7952 - копия

 

 

 

 

 

DSC_7975 - копия


Tashkiliy faoliyat, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar